Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekiston suv xoʻjaligi inspeksiyasi davlat bojidan ozod qilinadi

Qonunchilik palatasi suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish haqidagi daʼvolar boʻyicha inspeksiyani davlat bojidan ozod etish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

18-noyabr, 16:23По-русски

Read in English

Qonun loyihasi «Davlat boji toʻgʻrisida»gi qonunning 9-moddasiga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish masalalari boʻyicha sudga daʼvo kiritishda boj toʻlashdan ozod etish taklif qilinmoqda.

Tashabbus qurilish-montaj ishlari, uskunalarni foydalanishga topshirish va servis xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar bilan bogʻliq. Mualliflarning fikricha, bu chora inspeksiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻshimcha xarajatlarsiz himoya qilish imkonini beradi hamda bunday himoyaning huquqiy mexanizmlarini kuchaytiradi.