Skaloni Argentina terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni AFA bilan yangi shartnomani 2030 yil yozigacha imzoladi.

Skaloni Urugvayga qarshi oʻyin oldidan Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida kelishuv uzaytirilganini tasdiqladi. Shartnoma 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Skaloni 2018 yilda milliy terma jamoa boshqaruvini oʻz zimmasiga oldi. Uning rahbarligida Argentina jahon chempionati, Amerika kuboklari va Finalissimada gʻolib boʻldi. Yozda jamoa jahon chempionati finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazdi.
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, u faoliyatini davom ettirish haqidagi qarorni yaqinlari bilan muhokama qilganidan keyin qabul qilgan. Tomonlar tezda kelishuvga erishgan, Skaloni esa yangi bosqichni yosh futbolchilarga oʻyin amaliyoti berish imkoniyati bilan bogʻlagan. U avvalgi ishtiyoqi, kuch-gʻayrati va motivatsiyasi saqlanib qolganini aytdi.



