Tramp Mirziyoyevga sovgʻa uchun minnatdorchilik bildirdi
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga AQSh mustaqilligining 250 yilligiga Vashingtonda oʻrnatilgan ikki oʻzbek ayvoni uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ayvonlarni ochish marosimi 17 noyabr kuni Gʻarbiy Potomak bogʻidagi Tidal Basin boʻyida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston elchisi Furqat Sidikov va AQSh ichki ishlar vaziri Dag Burgum qatnashdi.
Konstruksiyalar 200 yillik togʻ yongʻogʻi yogʻochidan tayyorlangan. Oʻzbekistonlik ustalar 2025 yil avgustida Vashingtonga kelib, ogʻir ob-havo sharoitlariga qaramay, ularni bir necha oy davomida yigʻishdi. Tramp tantanali parvoz vaqtida sovgʻani prezident vertolyoti Marine One bortidan koʻrganini aytdi va ustalar mehnatini alohida maqtadi.
AQSh prezidentining soʻzlariga koʻra, ayvonlarni xususiy tomonga qoldirish oʻrniga jamoat foydalanishiga topshirishga qaror qilingan. U yerdan Jefferson memoriali va Vashington monumenti koʻrinadi. Oʻrnatish ishlarini Oʻzbekiston elchixonasi va AQSh Milliy bogʻlar xizmati muvofiqlashtirdi. Tramp, shuningdek, bir yildan keyin Milliy Qahramonlar bogʻi ochilgach, maydondan diplomatik qabullar, fotosessiyalar va sayrlar uchun foydalanish mumkinligini bildirdi.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
