INEOS Grenadier va Quartermasterni AQShda ishlab chiqarmoqchi
INEOS Automotive 2028 yilda AQShda Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapini ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Joy yaqin oylar ichida tanlanadi.

2026 yil 24 noyabrda INEOS Automotive kelajakdagi ishlab chiqarish uchun AQShdagi bir nechta maydonni saralaganini maʼlum qildi. Kompaniya zavod joylashuvi boʻyicha yakuniy qarorni yaqin oylar ichida qabul qilishni, avtomobillar ishlab chiqarishini esa 2028 yilda boshlashni rejalashtirmoqda.
Amerika bozori Grenadier 4X4 ning jahon boʻyicha sotuvlarining 70 foizini tashkil etadi. Kompaniya bayonotiga koʻra, AQShdagi ishlab chiqarish samaradorlikni oshirishi, tijoriy koʻrsatkichlarni yaxshilashi va brendning xalqaro miqyosdagi oʻsishini qoʻllab-quvvatlashi kerak.
INEOS Automotive bosh direktori Lynn Calder ishlab chiqarishni AQShda yoʻlga qoʻyishni kompaniya tarixidagi eng muhim voqealardan biri deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, amerikalik xaridorlar Grenadierni allaqachon qabul qilgan, mahalliy biznes yuritish sharoitlari esa bunday qadamni maqsadga muvofiq qilmoqda.
Shu bilan birga, kompaniya Fransiyaning Ambax shahridagi yigʻuv korxonasini BYDga ehtimoliy sotish boʻyicha eksklyuziv muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, Grenadier va Quartermaster yana bir muddat shu maydonda ishlab chiqariladi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
