Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Sinnerga operatsiya kerak boʻlishi mumkin: tizzani konservativ davolash samara bermadi

Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga yoʻl olmoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

19-noyabr, 16:25По-русски

Read in English

championat.com

Jurnal maʼlumotiga koʻra, konservativ davolash besh karra «Katta dubulgʻa» turnirlari gʻolibi kutgan natijani hozircha bermagan. Italiyalik tennischi kortga qayta olmadi: u hali-hanuz toʻlaqonli mashgʻulotlarni ham tiklamagan.

Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlar yordamisiz muammoni hal qilish qiyin boʻlishi mumkin.

Sinner 2026-yilgi Uimbldon turniridagi gʻalabasidan keyin ATP turnirlarining birortasida ham qatnashmadi.