Konor Makdevid XXI asrdagi ochko seriyasi rekordini yangiladi
Edmonton Oilers forvardi Konor Makdevid Florida Panthers ustidan 5:2 hisobidagi gʻalabali oʻyinda ikki ochko olib, seriyasini 23 oʻyinga uzaytirdi.
18-noyabr, 15:56По-русски

championat.com
Makdevid bir gol urib, golli uzatma berdi, Edmonton esa Florida ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozondi. Kanadalik xokkeychi Deni Hitlining 2005/2006-yilgi mavsumda ketma-ket 22 oʻyinda ochko jamgʻarish boʻyicha natijasidan oʻzib ketdi.
NHL tarixida bundan uzoqroq seriya faqat Mats Sundin va Ueyn Gretzkida boʻlgan — ikkalasida ham 30 oʻyindan. Gretzki ligadagi rekord seriya muallifi ham hisoblanadi: 1983/1984-yilgi mavsumda ketma-ket 51 oʻyinda ochko jamgʻargan.



