Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

«Real» PSVni yirik hisobda yengib, Chempionlar ligasida peshqadam boʻldi

Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida PSVni 5:1 hisobida yengib, ketma-ket beshinchi gʻalabasidan soʻng 15 ochko bilan peshqadam boʻldi.

25-noyabr, 20:59По-русски

Read in English

matchtv.ru

Madridda oʻtgan uchrashuv mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi, biroq tanaffusga PSV oldinda chiqdi: Ivan Perishich 32-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi boʻlimda «Real» beshta gol urdi — Federiko Valverde, Jyud Bellingem, Kilian Mbappe (ikki marta) va Vinisius hisobiga.

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo tanaffusda uchta almashtirishni amalga oshirdi: Bellingemni maydonga tushirdi va ikkala markaziy himoyachini almashtirdi. Madridliklar 15 ochko jamgʻarib, 12 ochkoga ega va zaxirada bitta uchrashuvi bor fransiyalik PSJdan oʻzib ketdi.