Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

NBA va Nike liga sakkiz klubiga noodatiy oʻyin formasini taqdim etdi

NBA va Nike liga tarixidagi eng qadimiy sakkiz klub uchun Specter Edition formalar kolleksiyasini taqdim etdi. Har bir jamoa yil oxirigacha bu formada oʻz maydonida uchtadan oʻyin oʻtkazadi.

24-noyabr, 18:27По-русски

Read in English

x.com/LegionHoops

Roʻyxatga “Lakers”, “Celtics”, “Warriors”, “Knicks”, “Sixers”, “Pistons”, “Hawks” va “Kings” kirdi.

Sport kiyimlari dizayni asosan toʻq ranglarda ishlangan boʻlib, jamoalarning tarixiy ramzlariga ishora qiladi. Kolleksiyani yaratishda tashkilotchilar 400 nafardan ortiq maktab basketbolchisi va NBAning 100 nafar oʻyinchisi fikrini inobatga oldi.

Yil oxirigacha har bir klub Specter Edition formasida oʻz maydonida uch martadan oʻynaydi. Bu formalarda jami 24 ta oʻyin oʻtkaziladi.