Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda tezkor toʻlovlar tizimida 7,4 mln operatsiya bajarildi

2026-yil oktabrida Oʻzbekiston Markaziy bankining tezkor toʻlovlar tizimida 158,4 trln soʻmlik 7,4 mln operatsiya amalga oshirildi. Shundan 3,1 mln tasi budjet toʻlovlari edi.

25-noyabr, 11:54По-русски

Read in English

Oktabr oyida Oʻzbekiston Markaziy bankining tezkor toʻlovlar tizimida 7,4 mln operatsiya amalga oshirildi. Ularning umumiy hajmi 158,4 trln soʻmni tashkil etdi.

Budjet toʻlovlari 19,6 trln soʻmlik 3,1 mln operatsiyadan iborat boʻldi. Bu operatsiyalar umumiy sonining 42,3 foizini, toʻlovlarning jami hajmining esa 12,4 foizini tashkil etdi.

Shunday qilib, budjet oʻtkazmalari son jihatidan operatsiyalarning katta qismini tashkil etgan, biroq toʻlovlarning umumiy summasida ularning ulushi ancha kichik boʻlgan.