Oʻzbekiston va XVF investitsiyalar hamda JSTga aʼzo boʻlishni muhokama qildi
19 noyabrda vazirning birinchi oʻrinbosari Saidqahhor Xolxoʻjayev va XVF maslahatchisi Yasser Abdih tashqi savdo, investitsiyalar hamda Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha muzokaralarni muhokama qildi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar doirasida qonunchilikni yangilash masalasini ham koʻrib chiqdi. Ishtirokchilar konstruktiv muloqotni davom ettirish va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.
2026 yil yanvar–oktabr oylarida mamlakat eksporti maxsus eksportni hisobga olmaganda, 25,7 mlrd dollarni tashkil etdi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga koʻp. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 49,5 mlrd dollar boʻldi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
