Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Hogvartsga qaytish: HBO «Garri Potter» serialidan ilk sahnani namoyish etdi

HBO «Garri Potter» serialidan bir yarim daqiqalik parchani eʼlon qildi. Unda Xogvartsning Katta zalida bayramona kechki ovqat tasvirlangan: oʻquvchilar Dambldorni kutib oladi, direktor esa barmoqlarini qirsillatib, dasturxonlarni taomlar bilan toʻldiradi.

16-noyabr, 18:55По-русски

Read in English

vgtimes.ru

Parchada «Garri Potter va falsafa toshi» kitobida boʻlmagan dialog ham bor. Dambldor hazillashib, Makgonagall Garrini Griffindorda koʻrganidan xursand boʻlsa kerakligini aytadi. Professor esa bolaning otasi Jeymsga juda oʻxshashini taʼkidlaydi. Dambldor bunga eʼtiroz bildiradi: tashqi koʻrinish aldamchi boʻlishi mumkin, Garrining esa oʻziga xos feʼl-atvori bor.

Serial ustida «Merosxoʻrlar» seriali bilan tanilgan Francheska Gardiner hamda «Momo Havoni oʻldirish» seriali ssenariynavisi Laura Nil ishlamoqda. Ijodkorlar loyiha koʻlami «Taxtlar oʻyini» va «Ajdarlar uyi»dan qolishmasligini vaʼda qilmoqda.

Birinchi mavsum HBO va HBO Max platformalarida 2026-yil 25-dekabrda namoyish etiladi.