Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

«Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining davomiyligi maʼlum boʻldi

Filmning taxminiy davomiyligi qariyb 150 daqiqani tashkil etadi. Bu haqda hamrejissyor Jo Russo maʼlum qildi. Uning tushuntirishicha, rasmiy treylerdan oldin chiqarilgan tizerlar ikki yarim soatlik hikoyaga jamlanadi.

25-noyabr, 11:47По-русски

Read in English

ign.com

Peggi Karter roliga qaytadigan Atvell Nyu-Yorkda dastxat tarqatish tadbiri chogʻida muxlislarga yangi treyler 23-noyabr, dushanba kuni chiqishini aytdi. Manbada Marvel tomonidan berilgan rasmiy tasdiq yoʻq.

Disney, shuningdek, 30-noyabr kuni ABC telekanali efirida film parchasining maxsus namoyishini eʼlon qildi. Biroq, kutilishicha, bu material alohida tizer boʻladi. «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining relizi 18-dekabrga belgilangan.

Russoga koʻra, ijodiy jamoa avvalroq Stiv Rojers, Tor, X-Men, Vakanda aholisi va Fantastik toʻrtlik qahramonlari ishtirokidagi toʻrtta tizerni chiqargan. Bunday yondashuv tomoshabinlarni hikoya bilan bosqichma-bosqich tanishtirish va ijodkorlarga auditoriya munosabatini hisobga olish imkonini berishi kerak edi.