Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Putin va Si Szinpin 18 noyabr kuni uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin APEC sammiti doirasida Shenchjenda ikki tomonlama muzokara oʻtkazadi.

17-noyabr, 15:00По-русски

Read in English

ansa.it

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 16 noyabr kuni Moskvada muzokaralar 18 noyabr kuni ishchi nonushta chogʻida oʻtkazilishini maʼlum qildi. Uchrashuv tashqi siyosat masalalariga bagʻishlanadi va toraytirilgan tarkibda — ikki mamlakat yetakchilari hamda har bir tomonning bir necha vakili ishtirokida oʻtadi.

Ushakovning soʻzlariga koʻra, tomonlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategik oʻzaro hamkorlik, Ukraina masalasi va Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan. Putin Si Szinpinni AQSh tomoni bilan soʻnggi aloqalar, jumladan, Abu-Dabida yaqinda boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuv yakunlari haqida ham xabardor qiladi.

Prezident yordamchisi yetakchilar AQSh prezidenti ishtirokidagi uch tomonlama formatda boʻlajak muzokaralarni ham muhokama qilishi mumkinligini istisno etmadi. Uning qoʻshimcha qilishicha, ishchi nonushta doirasidagi uchrashuv sammit davomida Putin va Si Szinpinning boshqa aloqalari boʻlishini istisno etmaydi.