Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Avstriya, Shvetsiya — A ligasiga bevosita; Chexiya, Turkiya tushdi
Millatlar ligasi guruh bosqichi yakunlariga koʻra, Chexiya va Turkiya quyi divizionga tushdi, Shveytsariya, Shimoliy Irlandiya, Avstriya va Shvetsiya esa A divizioniga bevosita chiqdi.
19-noyabr, 13:08По-русски

sports.ru
Chexiya va Turkiya olti turda ochko ololmadi va guruhlarni toʻplar farqi bir xil — minus 11 bilan yakunladi. Bu soʻnggi oʻrinni egallagan jamoalar orasidagi eng yomon natija.
Yuqori diviziondagi oʻrnini saqlab qolish uchun pley-offda Xorvatiya, Daniya, Serbiya va Uels oʻynaydi. B ligasidan A divizioniga chiqish uchun Sloveniya, Vengriya, Irlandiya va Bosniya va Gersegovina kurashadi.
Pley-off uchrashuvlari qurʼasi juma, 20 noyabrga belgilangan.



