Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Billi Joelning mototsikllari ekspert bahosidan deyarli besh baravar qimmatga sotildi

Nyu-Yorkdagi Gooding Christieʼs auktsion uyi Billi Joelning mototsikllar kolleksiyasini 2 mln dollardan koʻproqqa sotdi. Barcha 69 lotga xaridor topildi va ularning har biri dastlabki bahodan sezilarli darajada qimmatga ketdi.

23-noyabr, 17:53По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Eng qimmat xarid 1978-yilda ishlab chiqarilgan Triumph Bonneville T140 Madison Square Garden Custom mototsikli boʻldi. Mutaxassislar uni 10–15 ming dollarga baholagan edi, biroq mototsikl 577 ming dollarga sotildi — bu prognozning quyi chegarasidan 57 baravardan ham koʻproq yuqori.

Yuqori narxga mototsiklning tarixi sabab boʻldi. Billi Joel ushbu arenada toʻliq zal qarshisidagi 150-konsertini berganida, Madison Square Garden rahbariyati mototsiklni musiqachiga sovgʻa qilgan. Uning baki fortepiano klavishlari tasvirida bezatilgan, qopqogʻida esdalik oʻymakorligi bor, toʻplamga esa xonandaning MSGdagi chiqishlari sanalari yozilgan shlem ham kiradi. Joel bu zalda toʻliq zal qarshisida boshqa har qanday sanʼatkordan koʻra koʻproq konsert bergan.

Boshqa lotlar ham yaxshi narxlarga sotildi. 1975-yilda ishlab chiqarilgan, 25–35 ming dollarga baholangan Ducati 750 Sport 84 ming dollarga ketdi. 2006-yilgi Harley-Davidson FLHRI Road King Liberty Sidecar yon tirkamasi bilan 56 ming dollarga, 1967-yilgi Yamaha YM2C Big Bear Scrambler esa 49 280 dollarga sotildi.

Musiqachi tushgan mablagʻni oʻzining The Joel Foundation xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazadi. Jamgʻarma musiqiy taʼlimni, jamoat va ayollar salomatligi sohasidagi loyihalarni, gumanitar yordam hamda tabiatni muhofaza qilishni qoʻllab-quvvatlaydi.