Robert Pattinson — Jeyms Bond roli uchun oqilona, ammo xavfsiz tanlov
Robert Pattinson 007 agenti rolini ijro etadi. The Hollywood Reporter yozishicha, ikki hafta avval uning sinovdan oʻtgani maʼlum boʻlganidan beri bunday yakun deyarli oldindan hal boʻlgan edi.

Agar talabgir aktyorning oʻzi bu rolni xohlagan boʻlsa, Jek Lauden va Kallum Tyornerning imkoniyatlari juda kam qolardi.
Pattinsonga omadli yil ham yordam berdi: «Drama», «Odisseya», A24 studiyasining «Praym-taym» dahshat filmi, oldinda esa Deni Vilnyov suratga oladigan «Dyuna»ning uchinchi qismi bor. «Praym-taym» tomoshabinlarining 75 foizdan koʻprogʻi ilk dam olish kunida kinoga borishlariga asosiy sabab Pattinson boʻlganini aytdi, tomoshabinlarning 69 foizi esa 30 yoshdan kichik edi. «Dyuna»ning uchinchi qismini suratga oladigan Deni Vilnyov yangi Bond filmini ham suratga oladi.
Bu tanlovning zaif tomoni — aktyorning yoshi. Pattinson 40 yoshda, u Deniel Kreyg Jeyms Bond roliga tasdiqlangan paytdagidan uch yil katta. Shu sabab «yosh Bond» gʻoyasidan voz kechishga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, bu rol jiddiy jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.
Biroq aktyor franshizaga yangi ohang berishi va josus-maftunkor obrazini qanday zamonaviylashtirish masalasiga nuqta qoʻyishi mumkin. Muallifning fikricha, 62 yoshga toʻlgan ushbu turkum uchun bu eng oqilona va shu bilan birga xavfsiz variantdir.



