“Barcha dadil kutganlarimdan ham oshib ketdi”. Lindsay Davenport — WTA yakuniy turniri haqida
Katta dubulgʻa turnirlarida olti karra gʻolib Lindsay Davenport WTAning 2026-yilgi yakuniy turniri kutganlaridan ham oshib ketganini aytdi.
20-noyabr, 13:58По-русски

championat.com
Davenport sakkiz nafar tennischi yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etgan, bir hafta davom etgan musobaqa muhitini alohida taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, turnir unga Indian-Uellsdagi musobaqalar muhitini eslatgan.
Turnirda Mirra Andreeva gʻolib boʻldi. Finalda jahon reytingida ikkinchi oʻrinda turgan rossiyalik tennischi ukrainalik Elina Svitolinani — jahonning oltinchi raketkasini — 7:5, 6:3 hisobida magʻlub etdi.



