Hokimiyat koʻmir narxlarining asoslanganligini oʻrganadi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan koʻmir mahsulotlari narxlarini tekshiradi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Nazorat taʼminot zanjirining bir nechta boʻgʻinini qamrab oladi. Avvalo, qoʻmita bozorda ustun mavqega ega kompaniyalar qazib oladigan koʻmir narxlarini tahlil qiladi. Shuningdek, qayta sotuvchilar faoliyati ham tekshiriladi: birjada xarid qilingan va keyinchalik yakuniy xaridorlarga yetkazib beriladigan koʻmir qiymatiga tadbirkorlar qoʻshayotgan ustamalar hamda qoʻshimcha xarajatlar qanchalik asosli ekani oʻrganiladi.
Bundan tashqari, idora koʻmir bozorida iqtisodiy konsentratsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari bajarilayotganini baholaydi. Qoidabuzarliklar aniqlansa, kompaniyalarga qonunda nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.



