Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Ohangaronda Cobalt ishtirokidagi YTHda uch kishi halok boʻldi

24 noyabr kuni Ohangaron tumanida Cobalt haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, daraxtga urildi. Haydovchi va ikki yoʻlovchi voqea joyida halok boʻldi.

26-noyabr, 19:53По-русски

Read in English

Toshkent viloyati IIBB xabariga koʻra, avariya soat 18:00 atrofida A-373 «Toshkent — Olmaliq» yoʻlining «Yangihayot» mahallasidan oʻtgan qismida yuz bergan. 1993-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvni uddalay olmagan, shundan soʻng avtomobil yoʻl chetiga chiqib, daraxtga urilgan.

Salonida 1994-yilda tugʻilgan ikki yoʻlovchi boʻlgan. Uchalasi ham olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.