Shvetsiya Ukraina mudofaasini mustahkamlash uchun 70 mln dollardan ortiq mablagʻ ajratadi
Shvetsiya Ukraina mudofaasini qoʻllab-quvvatlash uchun qariyb 71 mln dollar, avvalo havo hujumidan mudofaa va uzoq masofaga zarba berish vositalari uchun mablagʻ yoʻnaltiradi. Stokgolm, shuningdek, Kiyev va London bilan Gripen samolyotlari uchun oʻq-dorilar boʻyicha kelishib oldi, deb yozadi Interfaks.

17 noyabr kuni Shvetsiya Mudofaa vazirligi Ukraina mudofaasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻp tomonlama jamgʻarmalar va tashabbuslarga qariyb 71 mln dollarlik qoʻshimcha badallar kiritilishini eʼlon qildi. Mablagʻlar asosan havo hujumidan mudofaa va uzoq masofalarga zarba berish imkoniyatlariga yoʻnaltiriladi.
Moliyalashtirishning bir qismi PURL mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm doirasida AQSh Ukrainaga ustuvor qurol-yarogʻ namunalarini taqdim etadi, ittifoqchilar esa ushbu paketlar uchun haq toʻlaydi. Yana bir kanal — jahon bozoridan yetkazib berish muddati qisqa boʻlgan oʻq-dorilarni xarid qilish boʻyicha Chexiya tashabbusi. Yangi badaldan soʻng Shvetsiyaning PURL doirasidagi jami mablagʻi 572 mln dollarga yetadi.
Ukraina mudofaasi masalalari boʻyicha Kontakt guruhi yigʻilishida Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Ukraina mudofaa vazirlari oʻq-dorilar hamda Gripen qiruvchilaridan foydalanish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi maktubni imzoladi. Hujjat hamkorlikda xarid qilish, yetkazib berish, xodimlarni tayyorlash, shuningdek Ukrainaga topshirilayotgan samolyotlar va kelajakda yetkazib berilishi mumkin boʻlgan samolyotlar uchun qurollarni integratsiya qilishni nazarda tutadi.
Avvalroq tomonlar E/F versiyasidagi 16 ta Gripen samolyotini xarid qilishga kelishib olgan edi. Bundan tashqari, Shvetsiya qurol-yarogʻ bilan birga C/D versiyasidagi 16 ta samolyotni Ukrainaga topshirmoqda.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
