Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Krishtianu Ronaldu oʻzining ilk seriali Day 1s ishlab chiqarishni boshladi

Futbolchi britan futboli haqidagi loyihada ijrochi prodyuser sifatida qatnashadi, bosh rolni esa Demien Lyuis ijro etadi.

12-noyabr, 18:02По-русски

Read in English

sports.ru

Krishtianu Ronaldu prodyuser sifatidagi ilk televizion loyihasi boʻladigan Day 1s seriali ishlab chiqarilishi boshlanganini maʼlum qildi. Futbolchi bu haqda Instagramʼda yozib, suratga olish maydonchasidan lavhalar va britaniyalik prodyuser Metyu Von bilan tushgan suratini eʼlon qildi.

Loyiha «Vatan» va «Milliardlar» seriallari orqali tanilgan Demien Lyuis ijro etadigan xayoliy futbol agenti haqida hikoya qiladi. Shou yaratilishiga Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri ham qoʻshildi.

Serialni Ronaldu rejissyor Metyu Von bilan birgalikda boshqaradigan UR•Marv Studios kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Von «Kingsman: Maxfiy xizmat» va «Kick-Ass» filmlarining rejissyori.

«Ajoyib yangilik! Mening ilk serialim Day 1s ishlab chiqarilishi boshlandi. Barcha tafsilotlar keyinroq», — deb yozdi futbolchi. Premyera sanasi va namoyish platformasini oʻz ichiga olgan loyihaning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.