Toshkentda oqova suvlardagi antibiotiklarga chidamlilik genlari oʻrganila boshlandi
Toshkentda oqova suvlar monitoringi kengaytirildi: 2022 yilda boshlangan loyiha antibiotiklarga chidamlilik genlari va ichak viruslarini 3 ta tozalash inshooti hamda 5 ta kanalda izlashni qamrab oldi.

Loyihaning navbatdagi bosqichi 2025 yilda namuna olish infratuzilmasi yaratilishi, laboratoriyalar jihozlanishi va muntazam tadqiqotlar yoʻlga qoʻyilganidan soʻng boshlandi. 2027 yilgacha metodikalarni topshirish va monitoring natijalarini epidemiologik kuzatuvning boshqa maʼlumotlari bilan birlashtirish rejalashtirilgan.
Ishlarda Oʻzbekiston Sanepidqoʻmitasi, Antimikrob rezistentlikni oʻrganish markazi, Myunxen texnika universiteti va Robert Kox instituti GIZ koʻmagida qatnashmoqda. Loyiha haqida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Astanada oʻtkazilgan antimikrob rezistentlik boʻyicha konferensiyada maʼlum qildi.
Oqova suvlar tahlili shahar muhitida qaysi mikroorganizmlar va chidamlilik genlari aylanayotganini koʻrsatishi mumkin, biroq infeksiyalangan odamlar soni yoki ifloslanish manbasini aniqlashga imkon bermaydi. Gen aniqlangani ham yashovchan qoʻzgʻatuvchi mavjudligini isbotlamaydi. 2025–2026 yillarda Toshkent oqova suvlari boʻyicha tadqiqotlarning miqdoriy natijalari hozircha taqdim etilmagan.



