YI Rossiyaning 40 dan ortiq bankini sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi
Bryussel sanksiyalar roʻyxatini Rossiyaning 40 dan ortiq moliyaviy muassasasi bilan kengaytirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalidagi eʼlon orqali maʼlum boʻldi.

Cheklovlar bozorda taniqli boʻlgan tuzilmalar bilan bir qatorda kichik va mintaqaviy banklarga ham taalluqli boʻldi. Jumladan, «SPB birjasi»ning hisob-kitob depozitariysi vazifasini bajaruvchi SPB banki ham choralar doirasiga kiritildi. Roʻyxatdan oʻz pul oʻtkazmalari tizimini boshqaruvchi «Yunistrim» hamda «Yumani» nobank kredit tashkiloti ham joy oldi. Sberbank ekotizimiga kiruvchi YuMoney toʻlov xizmati «Yumani» orqali ishlaydi.
Sanksiyalar «Xalqaro moliyaviy klub» bankiga ham tatbiq etildi. Yana bir roʻyxatga kiritilgan tashkilot Solid bank boʻlib, uning hammulk egalari orasida yaponiyalik investorlar ham bor.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
