Timoti Shalame “fenomenal rejissyor” bilan yangi loyihasi orqali muxlislarni qiziqtirdi
Aktyor “fenomenal rejissyor” bilan boʻlajak loyihasi haqida maʼlum qildi, biroq rejissyorning ismini aytmadi. Filmning nomi, syujeti va chiqish sanasi hozircha nomaʼlum.

Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida Timoti Shalame tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayotgan yangi kino loyihasi haqida soʻzlab berdi. Aktyorning aytishicha, rejissyor bilan hamkorlik shu qadar ayonki, rejissyorning ismi eʼlon qilingach, tomoshabinlar uning tanlovini tushunadilar.
Shalame suratga olish ishlariga kim rahbarlik qilishini aniqlashtirmadi, shuningdek, filmning nomi, syujeti va chiqish muddatini ham maʼlum qilmadi. Muxlislar allaqachon rejissyorni taxmin qilishga urinmoqda va film ilmiy fantastika yoki triller bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini aytmoqda.
Avvalroq aktyor Deni Vilnyov bilan “Dyuna”, Greta Gervig bilan “Ledi Berd” va “Kichkina ayollar”, Luka Guadanyino bilan “Meni isming bilan chaqir” filmlarida, shuningdek, Kristofer Nolan bilan “Interstellar” filmida ishlagan. 18 dekabrda Shalame yana Pol Atreydes rolini ijro etadigan “Dyuna”ning uchinchi qismi chiqadi. Film Vilnyov trilogiyasining yakunlovchi qismi boʻladi.



