Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan TDT sammitiga tayyorgarlikni koʻrib chiqdi
11 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada yaqinda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi etib tayinlangan Mirvohid Azimov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda tashkilot doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda yangi bosh kotibning ustuvor yoʻnalishlari haqida ham soʻz bordi.
Mirziyoyev sammit yuqori saviyada oʻtishi kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, tadbir dasturi va uni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Uchrashuv yakunida prezident Azimovni yangi lavozimi bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi.
Mirvohid Azimovning bosh kotib lavozimiga nomzodi 30 oktabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan TDT sammitida qoʻllab-quvvatlangan. Tayinloviga qadar u Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, shuningdek, TDT bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
