Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Bred Pitt va Anjelina Joli ayrilganidan 10 yil oʻtib nizoni hal qildi

Bred Pitt va Anjelina Joli Château Miraval boʻyicha nizoni suddan tashqari tartibda hal qildi. Ularning vakillari qaror oila manfaatlarini koʻzlab qabul qilinganini aytdi, biroq kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi, deb yozadi Hello! Magazine.

26-noyabr, 12:55По-русски

Read in English

hellomagazine.com

Nizo Joli Fransiyadagi vinochilik xoʻjaligidagi oʻz ulushini Stoli Group kompaniyasi Tenute del Mondoʻga sotganidan keyin yuzaga kelgan. Pitt 2022 yilda sudga murojaat qilib, sobiq turmush oʻrtoqlar oʻz ulushlarini bir-birining roziligisiz sotmaslikka kelishib olganini bildirgan. Joli esa uning roziligini olish zarurligiga qarshi chiqqan.

Juftlik 2008 yilda Fransiyaning janubida joylashgan, maydoni 1 200 akr boʻlgan mulkni sotib olgan. 2014 yil avgustida u yerda ularning toʻyi boʻlib oʻtgan. Kelishuv tuzilgach, Pitt va Jolining bir-biriga nisbatan daʼvolari hal qilindi, biroq Pittning biznesmen Yuriy Shefler va uning kompaniyasiga qarshi alohida daʼvosi davom etmoqda.

Sud jarayoni davomida Joli advokatlari uning ulushini Pittga sotish boʻyicha muzokaralar oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasi sabab barbod boʻlganini taʼkidladi. Ularning soʻzlariga koʻra, bu hujjat Jolining zoʻravonlik haqidagi ayblovlar haqida ommaviy ravishda gapirish imkoniyatini cheklashi mumkin edi. Joli, shuningdek, Pitt 2016 yil sentabrida xususiy parvoz vaqtida unga va farzandlariga nisbatan jismoniy hamda ogʻzaki zoʻravonlik qilganini bildirgan. Pitt bu ayblovlarni rad etdi. Rasmiylar hodisani tergov qildi, biroq unga nisbatan jinoiy ayblovlar ilgari surilmadi. Juftlikning ajrashishi 2024 yil dekabrida rasman rasmiylashtirildi, vinochilik xoʻjaligi boʻyicha nizo esa alohida davom etdi.