Oʻzbekiston vakillari dronlarni boshqarish kursini oʻtashdi
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari Belarusda dronlardan foydalanish kursini oʻtashdi. Dastur nazariya va amaliy parvozlarni qamrab oldi.

Belarus IIV Akademiyasining Xalqaro oʻquv markazida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishdi. Taʼlimda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi vakili O. Olimjonov ham qatnashdi.
Tinglovchilar dronlarni boshqarish, navigatsiya, real vaqtdagi kinematika hamda koʻp motorli platformalar aerodinamikasini oʻrgandilar. Kurs davomida ular amaliy parvozlarni bajarib, nazariy bilimlarini amalda sinab koʻrdilar. Dastur yakunida delegatsiya mashgʻulotlar va ularning natijalariga yuqori baho berdi.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
