Airbus Toshkentda Oʻzbekiston aviatsiya sohasi yetakchilari uchun konferensiya oʻtkazdi
Airbus Toshkentda Oʻzbekiston aviatsiya sohasi vakillari uchun konferensiya oʻtkazdi. Unda beshta aviakompaniya va boshqa tashkilotlardan 30 ga yaqin mutaxassis qatnashdi.

Toshkentda Airbus beshta aviakompaniya, diplomatik vakolatxonalar, moliya tashkilotlari va harbiy tuzilmalar vakili boʻlgan 30 ga yaqin mutaxassisni jamladi. Ishtirokchilar kompaniyaning global marketing prognozlari, samolyotlar model qatorini rivojlantirish, aviatsiya texnikasini moliyalashtirish, Skywise raqamli platformasi hamda yuk havo tashuvlari bozorini muhokama qildilar.
«Flight Plan» amaliy sessiyasi aviakompaniya faoliyatini modellashtirishga bagʻishlandi. Ishtirokchilar boshqaruv qarorlarini qabul qilish va operatsion jarayonlarni tashkil etish boʻyicha koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar. Shundan soʻng ularga konferensiyadagi ishtiroki va uning ishiga qoʻshgan hissasi uchun sertifikatlar topshirildi.
Airbus Oʻzbekistonni rivojlanayotgan aviatsiya bozoriga ega istiqbolli yoʻnalish deb hisoblaydi. Kompaniya hamkorlik nafaqat havo kemalarini yetkazib berish, balki aviatsiya ekotizimini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirish, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash va transport aloqadorligini kengaytirishni ham qamrab olishi mumkinligini bildirdi.
Airbus, shuningdek, kadrlar tayyorlash, samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatishni rivojlantirish va sohaga oid bilimlarni toʻplash muhimligini taʼkidladi. Kompaniya aviatsiya sohasida Oʻzbekistonning strategik maqsadlarini uzoq muddatli hamkor sifatida qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
