Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Peres: «Real» hech qachon sotilmaydi

«Real» prezidenti Florentino Peres klub hech qachon sotuvga qoʻyish uchun baholanmaganini va sotilmasligini aytdi. Sosioslarning egalik maqomi yoʻqolishi haqidagi mish-mishlarni yolgʻon deb atadi.

23-noyabr, 18:37По-русски

Read in English

sports.ru

Peres «Real»ning hozirgi tuzilmasini saqlab qolish klubning kelajagi va mustaqilligi uchun zarurligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, sosioslar klub egalari boʻlib qoladi.

U klubga kelgan paytda «Real» halokatli ahvolda boʻlganini gapirib berdi. Klub futbolchilarga maosh toʻlay olishi uchun Peres shaxsiy kafolatlar berishiga toʻgʻri kelgan. Prezident jamoani inqirozdan olib chiqish va uni dunyodagi eng boy klubga aylantirishga umrini bagʻishlaganini aytdi.