Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Airbus 2045-yilgacha Markaziy Osiyoda havo tashuvlari deyarli uch baravar oshishini kutmoqda

Airbus prognoziga koʻra, 2045-yilgacha Markaziy Osiyoda havo tashuvlari hajmi deyarli uch baravar oshadi. Asosiy talab mintaqa ichidagi yoʻnalishlarga toʻgʻri keladi.

18-noyabr, 16:26По-русски

Read in English

Kompaniya prognoziga koʻra, yaqin 20 yil ichida Markaziy Osiyoda havo tashuvlari yiliga oʻrtacha 5,1 foizga oʻsadi. 2045-yilga kelib Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda oʻrta sinf vakillari soni 26 mln kishiga koʻpayib, 80 mln nafarga yetishi mumkin.

Yoʻlovchi oqimi oʻsishiga shahar aholisi 15 mln kishiga koʻpayishi va savdo hajmining yiliga 3,1 foizga oshishi ham turtki beradi. Shu bilan birga, mintaqada aholi jon boshiga aviqatnovlar intensivligi deyarli ikki baravar oshadi.

Tashuvlarning asosiy hajmi Markaziy Osiyo ichidagi yoʻnalishlarga toʻgʻri keladi. Eng tez oʻsish Xitoy, Yevropa va MDH mamlakatlari oʻrtasidagi, shuningdek, mintaqa bilan materik Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo oʻrtasidagi yoʻnalishlarda kutilmoqda.

Shu bilan birga, havo kemalari parki ham yangilanmoqda: soʻnggi oʻn yillikda yangi avlod samolyotlari ulushi 0 foizdan 42 foizgacha oshdi. Kompaniya 2035-yilga kelib bu koʻrsatkich 86 foizga yetishini kutmoqda. Bu tendensiyalar Oʻzbekiston uchun xalqaro havo qatnovini rivojlantirish va mintaqaviy bozorga integratsiyalashuvga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.