Pokistonlik investorlar Qoraqalpogʻistonda chorvachilik loyihalarini muhokama qildi
Qoraqalpogʻistonda pokistonlik investorlar chorvachilik boʻyicha 500 ming dollarlik dastur va muzlatilgan halol mol goʻshti yetkazib berishni muhokama qildi.

11 noyabr kuni Qoraqalpogʻistonda pokistonlik investorlar Muhammad Faysal Ikramulloh va Rehman Aziz Xonning biznes missiyasi boʻlib oʻtdi. Safar Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida tashkil etildi. Mehmonlarni respublika Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov qabul qildi.
Muzokaralarda chorvachilikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligiga xorijiy kapital jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish va logistika loyihalarini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi. Pokiston biznesi ishtirokidagi, umumiy qiymati 500 ming dollar boʻlgan bosqichma-bosqich investitsiya dasturi ham alohida muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, Pokistondan Qoraqalpogʻistonga muzlatilgan halol mol goʻshti yetkazib berishni muhokama qildi. Gap mahsulotni tashish, saqlash va taqsimlash haqida bordi. Delegatsiya Nukusdagi sovutkichli omborlarga tashrif buyurib, sigʻimi 100 tonna boʻlgan ombor tashkil etish imkoniyatini koʻrib chiqdi. Yetkazib berishni yengillashtirishning yana bir varianti sifatida Nukus xalqaro aeroportida “yashil yoʻlak”dan foydalanish taklif qilindi.
Pilot loyiha uchun yaylovlar va yer uchastkalarini ajratish, ozuqa bazasini shakllantirish hamda veterinariya xizmatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish rejalashtirilmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy ishlarni faollashtirish va qoʻshma loyihalarni tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldi.
Missiya Qoraqalpogʻiston delegatsiyasining 2026 yil 30 iyun – 4 iyul kunlari Pokistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning davomi boʻldi. Oʻshanda Ermanov boshchiligidagi mintaqaviy vakillar pokistonlik investorlar bilan qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va boshqa sohalardagi loyihalarni muhokama qilgan.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
