“Real” Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Tchuameni bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirdi
Madridning “Real” klubi Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni bilan shartnomani uzaytirdi. Kelishuv 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi.
19-noyabr, 19:10По-русски

matchtv.ru
Tchuameni Madrid klubida 2022 yildan buyon “Monako”dan oʻtganidan keyin toʻp tepmoqda. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 205 ta oʻyin oʻtkazib, yettita gol urdi va toʻqqizta golli uzatma berdi.
Fransiyalik futbolchi “Real” tarkibida Ispaniya chempionati va Kubogi, Chempionlar ligasi hamda klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻldi. OAV “Monako”dan transfer summasi haqida xabar bergan — bu maʼlumotlarga koʻra, u 80 million yevroni tashkil etgan.



