Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Madaniyat

Robert Pattinsonning koʻp million dollarlik ipotekasi maʼlum boʻldi

Aktyor Robert Pattinson 2022-yilda qiymati 5,3 mln dollar boʻlgan uy uchun 3 mln dollar kredit rasmiylashtirgan. U ipotekani 2052-yilgacha toʻlashi kerak.

21-noyabr, 15:54По-русски

Read in English

finance.mail.ru

Aktyor Robert Pattinson Gollivud tepaliklaridagi oʻz uyi uchun ipoteka olgan. Toʻlovlar tugaydigan paytda u 66 yoshga kiradi.

Hozir Pattinson, uning kelini SyuKi Uoterhaus va qizi Beverli-Hillsdagi ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sabab oila avvalroq Nyu-York, Nyu-Orlean va Londonning gʻarbiy qismida uy ijaraga olgan.

Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval unga musiqachi Bek va “Gossip Girl” seriali yaratuvchisi egalik qilgan; hududni begonalardan tirik devor va darvoza himoya qiladi.