BepiColombo missiyasidagi Rossiya asboblari Merkuriy janubiy qutbini oʻrganishga yordam beradi
BepiColomboʻning Rossiya apparaturasi ilgari batafsil oʻrganilmagan Merkuriy janubiy qutb hududini tadqiq etishga yordam beradi. Apparatlarni ajratish 2026-yil 9–10-dekabrga rejalashtirilgan.

22-noyabrda «Roskosmos» BepiColombo apparati Merkuriy orbitasiga chiqqanini maʼlum qildi. Yevropaning MPO va Yaponiyaning Mio apparatlari ajralgach, oʻz ishchi orbitalariga oʻtishni davom ettiradi.
Rossiyaning MGNS neytron spektrometri sayyoraning janubiy qutb hududini oʻrganib, neytron oqimining ilk xaritasini tuzishi kerak. Merkuriy bilan avvalgi yaqinlashuvlar chogʻida asbob uning sirtidan gamma va neytron nurlanishini qayd etgan.
Bortda PICAM va PHEBUS spektrometrlari, shuningdek, MSASI kamerasi ham bor. Ular tuproqning kimyoviy tarkibi va Merkuriy ekzosferasida natriy paydo boʻlish sabablarini oʻrganishga moʻljallangan. Missiyada jami rossiyalik mutaxassislar ishtirokida yaratilgan toʻrtta asbob qatnashmoqda.
BepiColombo — Yevropa kosmik agentligi va JAXAning qoʻshma loyihasi. Apparat 2018-yilda uchirilgan, uning maqsadi esa Merkuriyni orbitadan oʻrganishdir.



