Oʻzbekiston delegatsiyasi YuNESKOdagi yuqori darajadagi vazirlar muloqotida qatnashdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Parijdagi yuqori darajadagi muloqotda maktabgacha taʼlim islohotlari natijalarini taqdim etdi. 10 yilda qamrov 30 foizdan kamdan 78 foizga — qariyb 2,4 mln nafarga yetdi.

YuNESKO shtab-kvartirasida 2026-yil 22-noyabr kuni kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishni 2030-yilgacha hamda undan keyingi davrda rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan vazirlar muloqoti boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga taʼlim va fan vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Yuldashev boshchilik qildi.
Uchrashuvda davlat tomonidan moliyalashtirish hajmi oshgani, davlat-xususiy sheriklik va maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻi kengaygani haqida soʻz yuritildi. Ishtirokchilarga Toshkentda YuNESKOning maktabgacha taʼlimni rivojlantirish markazini ishga tushirish choralari haqida ham maʼlumot berildi.
2022-yil noyabrida YuNESKOning Butunjahon konferensiyasidan keyin qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasiga alohida eʼtibor qaratildi. YuNESKOning uzluksiz taʼlim tizimlari siyosati boʻlimi direktori Borxen Chakrun taʼkidlashicha, siyosiy qoʻllab-quvvatlash, barqaror moliyalashtirish va tizimli islohotlar uygʻunligi tufayli Oʻzbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar uchun ham qiziq. Uning bahosiga koʻra, deklaratsiya ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik uchun moʻljallardan biriga aylandi.



