Energetika vazirligi AYoQShlarda AI-80 sotilishi qayta boshlanganini rad etdi
Birjada AI-80 paydo boʻlgani benzinni AYoQShlarda sotish qayta boshlanganini anglatmaydi: cheklovlar saqlanib qolmoqda.
20-noyabr, 13:38По-русски

Birjadagi savdolarda bir tonna benzinning boshlangʻich narxi 8,25 mln soʻmni tashkil etadi. Energetika vazirligi yoqilgʻi qayta ishlash korxonalarida xomashyo sifatida foydalanish uchun savdoga chiqarilganini bildirdi.
Texnologik qayta ishlashdan soʻng undan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Yoqilgʻini faqat tegishli litsenziyaga ega korxonalar xarid qilishi mumkin.
AI-80 ni avtomobil yoqilgʻisi sifatida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotish hanuz cheklangan.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
