Maskat aeroportida Ummon sultoni davlat tashrifi bilan kelgan Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi
Oʻzbekiston prezidenti Ummonga davlat tashrifi bilan keldi. Uni Maskat aeroportida sulton Haytham bin Tariq Al Said va rasmiylar kutib oldi.

16 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Maskatda Ummonga davlat tashrifini boshladi. Prezident samolyotini sultonlik havo hududida Qirollik harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari kuzatib bordi.
Maskat xalqaro aeroportida prezidentni sulton Haytham bin Tariq Al Said va Ummonning yuqori martabali rasmiy shaxslari kutib oldi. Mirziyoyev sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shundan soʻng ikki davlat rahbari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari bilan salomlashib, saf boʻylab oʻtdi.
Aeroportning Qirollik terminalidagi qisqa suhbatdan soʻng davlat rahbarlari birgalikda «Al-Alam» saroyiga yoʻl oldi.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
