Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

ATP 2028-yildan boshlab tennischilarga yiliga $350 milliondan ortiq toʻlaydi

ATP OneVision dasturining yangi bosqichini tasdiqladi. 2028-yildan boshlab tennischilarga har yili $350 milliondan ortiq toʻlov amalga oshiriladi. “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi mukofot pullari ham hisobga olinsa, umumiy summa yarim milliard dollarga yetadi.

20-noyabr, 17:51По-русски

Read in English

sports.ru

Masalan, ATP $100 milliondan ortiq mablagʻ kiritadi. Shundan $50 million ATP Bonus Pool bonus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi — hozir unda $21,5 million bor. Yana $25 million mavsum yakunlariga koʻra reytingdagi top-250 tennischilar uchun bonuslarga, $26 million esa pensiya dasturiga ajratiladi.

Shuningdek, tennischilar uchun mavsumdagi kafolatlangan eng kam daromad joriy etiladi. Turdagi daromadi boʻyicha kuchli yuztalikka kiruvchi tennischilar kamida $1,1 million, top-175 vakillari kamida $450 ming, top-250 vakillari esa kamida $250 ming oladi.

Bundan tashqari, 2028-yildan ATP Ventures faoliyat boshlaydi. Yangi tuzilma turnirlarni translyatsiya qilish huquqlarini sotish va rivojlantirish, statistik maʼlumotlar bilan ishlash hamda homiylik shartnomalari uchun masʼul boʻladi. Hozir bu yoʻnalishlar bilan uchta alohida boʻlinma — ATP Media, Tennis Data Innovations va ATP Tour shugʻullanadi.

Juftlik bahslarini isloh qilish boʻyicha qaror hozircha qabul qilinmagan.