Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni eʼlon qildi
Mukofot uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi deb Usman Dembele topilgandi.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan: parijliklar safidan Usman Dembele, Desire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Neves, Fabian Ruiz va Vitinya — jami sakkiz futbolchi kiritilgan.
«Barselona»ning toʻrt nafar daʼvogari bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe taqdim etadi. «Arsenal»dan esa yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan qatnashadi. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslai va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.



