Voltamp Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston va Ummonning Voltamp Energy kompaniyasi Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuv imzoladi.

Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Loyihaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar $350 mlnni tashkil etadi.
Stansiya yiliga qariyb 1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 250 mln kub metr gazni tejash imkonini beradi. Hozir Voltamp maydonni oʻrganmoqda va moliyaviy modelni tayyorlamoqda. Shundan soʻng kompaniya tijoriy taklifini taqdim etadi.
Bundan tashqari, Voltamp Ohangaron tumanida Nura Group bilan birgalikda yuqori kuchlanishli transformatorlar zavodini quradi. Kompaniya Texnokabel Group bilan birga ular uchun oʻtkazgichlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
