Nukusda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlari kengaymoqda
Joriy yil sentyabrida ochilgan Nukus ijtimoiy xizmatlar markazida reabilitatsiya va kunduzgi statsionarni ham oʻz ichiga olgan beshta yoʻnalishda yordam koʻrsatilmoqda.
25-noyabr, 20:20По-русски

unesco.org
Joriy yil sentyabrida Nukusda Ijtimoiy xizmatlar markazi ishga tushirildi. Bu yerda kunduzgi statsionar, erta aralashuv, kunduzgi tashrif, kattalar va bolalar reabilitatsiyasi, shuningdek, psixosotsial reabilitatsiya yoʻlga qoʻyilgan.
Markaz nogironligi boʻlgan shaxslarga yordam koʻrsatadi. Ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini qariyb 20 nafar mutaxassis taqdim etmoqda. Muassasada jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash, shuningdek, mustaqil hayot kechirish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratilgan.



