Erling Holand Norvegiya terma jamoasining Millatlar ligasi pley-off bosqichiga chiqishi haqida gapirdi
Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand UEFA Millatlar ligasi — 2026/2027 mavsumining oltinchi turida Daniya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Bu futbolda koʻrgan eng aql bovar qilmas gollardan biri boʻldi. Norvegiyalik boʻlish naqadar ajoyib! Oʻyindan oldin Stole [Solbakken] bizdan bu aql bovar qilmas futbol yilini yuqori notada yakunlashni soʻragandi. Ikkinchi boʻlimda biz ularni butunlay bosim ostida qoldirdik», — deya Holandning soʻzlarini TV 2 ga tayanib, UEFA rasmiy sayti keltirdi.
Norvegiya guruhda toʻqqiz ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinni egalladi va turnir chorak finaliga chiqdi. Daniyada ham shuncha ochko bor, biroq u uchinchi oʻrinni egalladi. Daniyaliklar A ligasida qolish huquqi uchun pley-off oʻyinlarida qatnashadi.



