Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Tojikistondagi elektr liniyasidagi avariya bartaraf etilib, taʼminot tiklandi

Oʻzbekiston Energetika vazirligi Tojikistonda tayanch qulagach, 22 noyabr soat 1:21 da «L-503» liniyasi orqali elektr taʼminoti tiklanganini maʼlum qildi.

23-noyabr, 12:05По-русски

Read in English

Avariya 19 noyabr kuni ertalab noqulay ob-havo sabab yuz berdi. Liniya Sirdaryo IESidan Fargʻona vodiysidagi «Oʻzbekiston» podstansiyasigacha elektr energiyasini uzatadi.

Oqibatlarni bartaraf etishda Oʻzbekiston va Tojikiston vakillari kecha-kunduz ishladi. Mutaxassislar qulagan tayanchni tiklab, zarur sinovlarni oʻtkazdi. Ishlar kuchli shamol va tungi sovuq sharoitida olib borildi.