FAW Yevropada Hongqi avtomobillarini yigʻmoqchi: Volkswagen munosabati
FAW bojxona toʻlovlarini kamaytirish uchun Yevropada Hongqi avtomobillarini yigʻishni yoʻlga qoʻymoqchi. Volkswagen hamkorlik muzokaralarini rad etdi.

FAW mintaqa bozorida Hongqi avtomobillarining savdosi sust boʻlishiga qaramay, ularni Yevropadagi zavodda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejasini eʼlon qildi. Xitoy kompaniyasi shu tariqa hozir avtomobil qiymatining jami 30,7 foizigacha yetadigan import bojlaridan qochmoqchi. Mahalliylashtirilgach, Hongqi avtomobillari ancha arzonlashishi mumkin.
FAW yigʻishni boshlash uchun hamkorlarni tanlamoqda. Kompaniyaning xalqaro biznes rahbari Stellantis va Volkswagen bilan ehtimoliy hamkorlikka ishora qildi. FAW Xitoyda nemis konserni bilan anchadan beri hamkorlik qiladi, biroq Volkswagen darhol u bilan muzokaralar olib borilmayotganini bildirdi.
FAW Yevropada Hongqi dilerlik tarmogʻini ham kengaytirmoqchi. Brendning model qatori 2027-yilda 10 tagacha, 2028-yilda esa 11 tagacha oshirilishi rejalashtirilgan. Stellantis varianti ehtimoliyroq koʻrinadi: Xitoy kompaniyasi Leapmotor aksiyalarining bir qismiga egalik qiladi, Yevropa konserni esa avvalroq ushbu ishlab chiqaruvchi aksiyalarining bir qismini sotib olgan va uning avtomobillarini Yevropada ilgari surmoqda. Shu bilan birga, Stellantis elektromobillarni sotishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda: oktabr oyida u Opel avtomobillari ishlab chiqarishini toʻxtatib turishga majbur boʻldi.



