Anthropic aksiyalari IPO boshlangʻich narxidan pastladi, ammo tahlilchilar umidvor
Anthropic aksiyalari 8% arzonlab, joylashtirish narxi boʻlgan $83 dan pastladi. Tahlilchilar kompaniyada oʻsish salohiyati saqlanganini aytmoqda.

Bugun Anthropic aksiyalari 8% arzonlab, $83 lik joylashtirish narxidan pastladi. Kompaniya 2026-yil 19-noyabrda Nasdaqʼdagi debyutida aksiyalarini $111,50 dan taklif qilgan, shundan keyin kotirovkalar pasaya boshlagan.
IPO davomida Anthropic $81,3 mlrd jalb qildi. Bu tarixdagi eng yirik joylashtirish boʻldi. Aksiyalarga talab taklifdan ancha yuqori edi: ariza bergan institutsional investorlarning qariyb yarmi aksiyalarni sotib ola olmadi.
Bozordagi beqarorlik fonida Nvidia, AMD va Intel aksiyalari, shuningdek, yangi avlod bulutli infratuzilmasini rivojlantirayotgan CoreWeave, IREN va Nebius kompaniyalarining kotirovkalari ham pasaydi.
Canaccord Genuity Anthropic aksiyalariga «sotib olish» reytingini berib, maqsadli narxni $135 etib belgiladi. Tahlilchilar kompaniyaning korporativ sektordagi salohiyatini qayd etdi, biroq infratuzilmani rivojlantirish majburiyatlari va raqobat ustunliklarining barqarorligi bilan bogʻliq xatarlarni koʻrsatdi.
Wedbush aksiyalarni $120 maqsadli narx bilan «bozordan yuqori» deb baholadi. Oppenheimer ham «bozordan yuqori» reytingini berib, moʻljalni $150 etib belgiladi. Bu kompaniyalar tahlilchilarining fikricha, Anthropic oʻsib borayotgan korporativ sunʼiy intellekt bozorida raqobatlasha oladi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
