Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti va Jahon banki rahbari strategik sheriklik yoʻnalishlarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashdi. Muzokaralar Antaliyada COP31 iqlim konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtdi.

12-noyabr, 17:44По-русски

Read in English

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz

Tomonlar strategik sheriklikni bundan buyon qanday rivojlantirish masalasini muhokama qildi. Ayni paytda Oʻzbekiston va Jahon bankining qoʻshma loyihalari umumiy portfeli qariyb 16 milliard dollarni tashkil etadi.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi resurslarini oʻrta muddatli koʻrib chiqish forumiga tayyorgarlik masalasi ham alohida muhokama qilindi. Forum dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari qatorida oʻsish va ish oʻrinlari dasturi, yangi Mamlakat sherikligi dasturini ishlab chiqish, infratuzilmaga xususiy kapital jalb qilish, xususiylashtirish va suv xavfsizligi qayd etildi.