Adebayo blok-shotlar bilan toʻp yoʻqotmasdan triple-double qayd etib, NBA tarixiy rekordini oʻrnatdi
“Miami Heat” markaziy oʻyinchisi Bam Adebayo liga tarixidan joy oldi. Bungacha hech bir basketbolchi bunday koʻrsatkichlar jamlanmasini qayd etmagan.

23 noyabr kuni “Miami” muntazam chempionat uchrashuvida “Oklahoma City Thunder”ni 123:113 hisobida magʻlub etdi. Adebayo faoliyatidagi eng yaxshi oʻyinlardan birini oʻtkazdi: 24 ochko, 15 ribaund, 12 assist, ikkita toʻp olib qoʻyish va uchta blok-shot. Bunda u birorta ham toʻp yoʻqotmadi.
Statistik maʼlumotlar xizmati StatMuse hisob-kitoblariga koʻra, bungacha NBAda hech kim bir oʻyinda kamida 20 ochko, 15 ribaund, 10 assist va uchta blok-shotni birorta ham toʻp yoʻqotmasdan qayd etmagan.
Oʻn ikki assist markaziy oʻyinchi uchun NBAdagi yangi shaxsiy rekord boʻldi. U zarbalarni ham aniq amalga oshirdi: maydondan 11 ta urinishning sakkiztasini va jarima toʻplari chizigʻidan toʻqqizta urinishning sakkiztasini aniq nishonga oldi.
“Miami” muntazam chempionatda ketma-ket yettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.



