Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

«Real» yangi shartnoma doirasida Bellingem maoshini oshirmoqchi

«Real» va Jud Bellingem yangi uzoq muddatli kelishuvga yaqin. Klub yiliga 15 mln yevroga yaqin oladigan futbolchi maoshini sezilarli oshirmoqchi.

24-noyabr, 18:59По-русски
sports.ru

Klub va yarim himoyachi oʻrtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda. Bellingemning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi, biroq «Real» Angliya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng shartlarni qayta koʻrib chiqmoqchi.

Yangi kelishuv futbolchining maoshini oshirishi kerak, biroq uning aniq moliyaviy shartlari hozircha oshkor etilmadi. Klub shartnomani yil oxirigacha rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda, bu haqdagi eʼlon esa shu haftadayoq berilishi mumkin. Bellingem Madrid jamoasidagi toʻrtinchi mavsumini oʻtkazmoqda.