Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Xorvatiya 50 nafardan ortiq oʻzbekistonlikka ish vizasi bermadi: sabab soxta mehnat shartnomalari

Xorvatiya 50 nafardan ortiq Oʻzbekiston fuqarosiga soxta mehnat shartnomalari sabab ish vizasi bermadi. Alohida qaror bilan Shengen hududiga kirish bir necha yilga taqiqlanishi mumkin.

18-noyabr, 16:22По-русски

Read in English

Xorvatiya tomoni maʼlumotiga koʻra, 50 nafardan ortiq Oʻzbekiston fuqarosiga ish vizasi berilmagan: ular taqdim etgan mehnat shartnomalari soxta boʻlib chiqqan. Vakolatli organ alohida qaror qabul qilsa, arizachilarga Shengen hududiga kirish bir necha yilga taqiqlanishi mumkin.

Mutaxassislar internetdagi ish takliflariga, ayniqsa «tayyor ish oʻrni» uchun oldindan toʻlov soʻralsa, ehtiyotkorlik bilan yondashishni tavsiya qiladi. Konsalting xizmatlari uchun haq toʻlashdan oldin kompaniya shartnoma boʻyicha aynan qanday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishini tekshirish kerak. Vizani olishning oʻzi xorijda ishga joylashishni kafolatlamaydi.

Pul oʻtkazish yoki viza uchun hujjat topshirishdan oldin mehnat shartnomasini Migrantlar resurs markazida bepul tekshirtirish mumkin. Markazni Migratsiya agentligi ISMPD bilan hamkorlikda tashkil etgan. Murojaat telefoni: +998 90 819-06-25.