Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Federica Brignone sportdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi

Italiyalik togʻ changʻichisi Federica Brignone jarohatdan keyin ham yoʻqolmagan oyoq ogʻrigʻi sabab faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

26-noyabr, 15:31По-русски

Read in English

championat.com

36 yoshli Brignone qor ustida ikki kun boʻlganidan soʻng oyogʻi hali tiklanmaganini, ogʻriq esa hamon juda kuchli ekanini tushunganini aytdi. Sportchi trassaga qaytishga uringanini, biroq jarohatining ogʻirligi musobaqalarda qatnashishni davom ettirishiga imkon bermayotganini bildirdi.

Brignone muxlislar va sport bilan xayrlashish uchun yana bir startda qatnashmoqchi. U qayerda va qachon oʻtkazilishini italiyalik sportchi keyinroq eʼlon qiladi.

2024/2025-yilgi mavsumda togʻ changʻichisi oyogʻida koʻplab sinishlar va tizzasining oldingi xochsimon bogʻlami uzilishiga duch keldi. U ikki marta — supergigant va gigant slalomda — Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan, shuningdek, jahon chempioni boʻlgan va Jahon kubogi umumiy hisobida gʻolib chiqqan.